Kevin de Bryune 96-daqiqada gol urdi. “Manchester Siti” Liga Kubogining finaliga yo‘l oldi
Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining birinchi finalchisi “Manchester Siti” klubi bo‘ldi.
Chorak finalda “Manchester Yunayted”ga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan quyi liganing “Bristol Siti” klubi “shaharliklar”ga yetarlicha qarshilik ko‘rsatdi. “Etihad” arenasida bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinning so‘nggi daqiqasida Serxio Aguero gol urib, “Siti”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlab bergandi. Javob o‘yinida esa Kevin de Bryune so‘nggi soniyalarda g‘alaba golini urishga erishdi.
Bugun finalning ikkinchi ishtirokchisi nomi aniq bo‘ladi. Bu yo‘lda Londonning ikki klubi — “Chelsi” va “Arsenal” o‘zaro kurash olib bormoqda. Tomonlarning “Stemford Brij” arenasida kechgan ilk o‘yinida 0:0 hisobi qayd etilgandi. Mazkur jamoalar, shuningdek, APL doirasidagi ikki o‘yinda ham durang o‘ynadi. 24-yanvar tunida esa ulardan biri Liga Kubogi bilan xayrlashadi.
Angliya Liga Kubogi
Yarim final
23-yanvar, seshanba
Gollar: Leroy Sane, 43 (0:1). Serxio Aguero, 49 (0:2). Marlon Pek, 64 (1:2). Eden Flint, 94+ (2:2). Kevin de Bryuyne, 96+ (2:3).
Dastlabki o‘yin: 1:2
24-yanvar, chorshanba
“Arsenal” — “Chelsi” 01:00
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!






- отсутствуют
