APL va A seriyani dahshatli boshlagan “Siti” hamda “Napoli” Chempionlar Ligasida ham to‘xtamayapti
Chempionlar Ligasi guruh bosqichining dastlabki ikki turi Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” uchun omadli keldi.
Dastlabki turni Gollandiyada o‘tkazib, 4:0 hisobida zafar quchgan “shaharliklar”, endi Ukrainaning “Shaxtyor” klubini taslim qildi — 3:0. Mazkur bellashuv yirik ko‘rinish olishi mumkin edi, agar Serxio Aguero penaltidan aniq foydalana olganida.
Italiya A seriyasida dahshatli start olgan “Napoli” Chempionlar Ligasining ilk turida “Shaxtyor”ga imkoniyatni boy bergandi. Bu safar klub Gollandiya vakilini taslim qilishga erishdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi.
“F” guruhi. 2-tur
26-sentabr, seshanba
Gollar: Kevin de Bryuyne, 48 (1:0). Rahim Sterling, 90 (2:0).
Noaniq penalti: Serxio Aguero, 72 (M).
Gollar: Lorenso Insinye, 7 (1:0). Dris Mertens, 49 (2:0). Xose Kalyexon, 70 (3:0). Sofyan Amrabat, 90+3 (3:1).
Noaniq penalti: Yens Tornstra, 67 (F).
“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling
Добавить комментарий!






- отсутствуют
