» » 2 ta o‘yinda 14 ta gol. “Atletiko” “Bayer” darvozasiga 4 ta, “Manchester Siti” “Monako” postiga 5 ta gol urdi

2 ta o‘yinda 14 ta gol. “Atletiko” “Bayer” darvozasiga 4 ta, “Manchester Siti” “Monako” postiga 5 ta gol urdi


Yevropa Chempionlar ligasining chorak finali sari harakat qilayotgan klublar kecha — 21-fevral tunida 1/8 final doirasida maydonga tushdi.

Fransiya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Monako” Angliyada “Manchester Siti” mehmoni bo‘lib, o‘z darvozasidan 5 ta gol o‘tkazib yubordi va bunga uch marta javob qaytardi. Monakolik futbolchilar hisobda ikki bor oldinda borganiga qaramay, yakunda bu natijani ushlab qola olmadi.

Uchrashuv kulminatsiyasi 50-daqiqaga kelib sodir bo‘ldi. Shu kuni manchesterliklar darvozasini ikki bor aniq ishg‘ol qilgan Radamel Falkao penaltidan aniq foydalana olmadi. “Shaharliklar” shundan keyin 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kunning ikkinchi o‘yini Leverkuzenda tashkil etilib, “Bayer” o‘z uyida “Atletiko”ni qabul qildi — 2:4. Javob o‘yini Madridda kechishi inobatga olinsa, Diyego Simeone jamoasi katta ehtimol bilan navbatdagi bosqich masalasini ijobiy hal qila oldi.

Yevropa Chempionlar ligasi
1/8 final
21-fevral, seshanba

Gollar: Rahim Sterling, 26 (1:0). Radamel Falkao, 32 (1:1). Kilian Mbappe-Lottin, 40 (1:2). Serxio Aguero, 58 (2:2). Radamel Falkao, 61 (2:3). Serxio Aguero, 71 (3:3). Jon Stounz, 77 (4:3). Leroy Sane, 83 (5:3).
Noaniq penalti: Radamel Falkao, 50 (Mehmon).

Gollar: Saul, 17 (0:1). Antuan Grizmann, 25 (0:2). Karim Belarabi, 48 (1:2). Kevin Gameyro, 59-pen (1:3). Stefan Savich, 68-avt (2:3). Fernando Torres, 86 (2:4).

Опубликовано: admin (22-02-2017, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют