» » YChL. “Real” SSKAga yutqazib qo‘ydi, “Roma” 5 ta gol urdi, MYu esa “Valensiya”ni yuta olmadi

YChL. “Real” SSKAga yutqazib qo‘ydi, “Roma” 5 ta gol urdi, MYu esa “Valensiya”ni yuta olmadi


Bugun, 2-oktabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasida 2-tur bahslari boshlandi. Bugunning o‘zida 4 ta guruhda 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, “H” guruhidan o‘rin olgan “Yuventus” Turinda Shveysariyaning “Yang Boyz” jamoasini qabul qilib, yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchala gol ham turinliklarning argentinalik futbolchisi Paulo Dibalaga hisobiga yozildi. Shu tariqa Dibala Krishtianu Ronaldu qatnashmagan bahsda xet-trikni tantana qildi. Guruhning ikkinchi o‘yinida “Manchester Yunayted” o‘z uyida “Valensiya”ni qabul qilib, 0:0 hisobida durang qayd etdi.

“F” guruhidan o‘rin olgan Xosep Gvardiola boshliq “Manchester Siti” Germaniyaga safar qildi. “Hoffenhaym” “Siti” bilan o‘yinning 1-daqiqasidayoq hisobni ochdi. Gol muallifi Belfodil bo‘ldi. 8-daqiqada Leroy Sanening uzatmasidan so‘ng Serxio Aguero hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 87-daqiqasida esa David Silva “Man Siti”ga g‘alabaga keltirgan golga mualliflik qildi. Guruhning ikkinchi o‘yinida “Lion” o‘z uyida “Shaxtyor”ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

“G” guruhidan o‘rin olgan musobaqaning amadagi chempioni “Real Madrid” Moskvada SSKA mehmoni bo‘lib, 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. Yagona gol 2-daqiqada Vlashich tomonidan kiritildi. Guruhning ikkinchi o‘yinida “Roma” “Viktoriya” darvozasini javobsiz besh marta ishg‘ol qildi. Edin Jeko esa xet-trikka erishdi.

Quyida bugun qayd etilgan natijalar bilan tanishishingiz mumkin.

Yevropa Chempionlar Ligasi

2-tur bellashuvlari

2-oktabr, seshanba

“E” guruhi

Gollar: 0:1 – 6 Seferovich, 0:2 – 15 Grimaldo, 1:2 – 53 Klonaridis, 2:2 – 63 Klonaridis, 2:3 – 74 Alfa Semedu.

Gollar: 1:0 – 4 Hummels, 1:1 – 22 Mazraui.

“F” guruhi

Gollar: 1:0 – 1 Belfodil, 1:1 – 7 Aguero, 1:2 – 87 Silva.

Gollar: 0:1 – 44 Morayes, 0:2 – 55 Morayes, 1:2 – 70 Dembele, 2:2 – 72 Dyubua.

“G” guruhi

Gol: 1:0—2 Vlashich.

Gollar: 1:0 – 3 Jeko, 2:0 – 40 Jeko, 3:0 – 64 Under, 4:0 – 73 Klyuyvert, 5:0 – 90 Jeko.

“H” guruhi

Gollar: 1:0 – 5 Dibala, 2:0 – 33 Dibala, 3:0 – 69 Dibala.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 02:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 70) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют