» » APL. “Man Siti” “Kardiff”ni tor-mor qildi, “Liverpul” va “Tottenhem”da g‘alaba, “Man Yunayted” esa g‘alabani boy berdi (video)

APL. “Man Siti” “Kardiff”ni tor-mor qildi, “Liverpul” va “Tottenhem”da g‘alaba, “Man Yunayted” esa g‘alabani boy berdi (video)


Bugun, 22-sentabr sanasida Angliya premyer-ligasida 6-tur bahslariga start berildi.

Tur doirasida Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” safarda “Kardiff Siti” maydoniga safar qilib, 0:5 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Serxio Aguero, Ilkay Gundo‘g‘an, Bernardu Silva hamda Riyad Marez(2 ta) mualliflik qildi.

Musobaqa peshqadami “Liverpul” esa o‘z uyida “Sauthempton”ni sinovdan o‘tkazdi. O‘yin 3:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Gollarga Xudt(avtogol), Joel Matip hamda Muhammad Saloh mualliflik qildi.

Joze Mourinyo boshliq “Manchester Yunayted” esa “Old Trafford”da “Vulverhempton”ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durang qayd etdi. Mezbonlardan Fred o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishgan bo‘lsa, “bo‘rilar” safida Joau Moutinyo hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi.

Chempionlar Ligasida “Inter”ga mag‘lub bo‘lgan “Tottenhem” 6-tur doirasida “Brayton” maydoniga safar qilib, 1:2 hisobida g‘alaba qozondi. Garri Keyn avvaliga penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, keyinroq zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Erik Lamela ham gol urishga erishdi. O‘yin so‘ngida Antoni Nokaer hisobni qisqartirdi. Shu tariqa “shporlar” uch ochkoga ega bo‘ldi.

Angliya premyer-ligasi

6-tur bellashuvlari

22-sentabr, shanba

Gollar: 0:1 – 2 Grey, 1:1 – 78 Mitrovich.

Gollar: 1:0 – 39 Vidra, 2:0 – 41 Lennon, 3:0 – 83 Barns, 4:0 – 88 Barns.

Gollar: 0:1 – 32 Aguero, 0:2 – 35 Bernardu Silva, 0:3 – 44 Gundo‘g‘an, 0:4 – 67 Marez, 0:5 – 89 Marez.

Gollar: 0:1 – 5 Yorgensen, 1:1 – 19 Ixeanacho, 2:1 – 66 Meddison, 3:1 – 75 Vardi.

Gollar: 1:0 – 10, avtogol Xudt, 2:0 – 21 Matip, 3:0 – 45 Saloh.

Gollar: 1:0 – 18 Fred, 1:1 – 53 Moutinyo.

Gollar: 0:1—42, penalti Keyn, 0:2—76 Lamela, 1:2—90 Nokaer.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют