» » APL. “Manchester Siti” “Hadderfild”ni tor-mor etdi, “Manchester Yunayted” esa “Brayton”ga mag‘lub bo‘ldi (video)

APL. “Manchester Siti” “Hadderfild”ni tor-mor etdi, “Manchester Yunayted” esa “Brayton”ga mag‘lub bo‘ldi (video)


19-avgust sanasida Angliya premer-ligasida 2-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

Mazkur turda Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” “Haddersfild” jamoasini mehmon qilib, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Serxio Aguero xet-trikka erishgan bo‘lsa, 1 tadan gol Gabriyel Jezus hamda David Silva tomonidan kiritildi. 6-gol mehmonlar futbolchisi Kongolo hisobiga yozildi. U o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. “Haddersfild”ning yagona goliga Gorens-Stankovich mualliflik qildi.

Turning yana bir uchrashuvi esa “Byornli” hamda “Uotford” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda “Uotford” 1:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Joze Mourinyo boshliq “Manchester Yunayted” esa “Brayton” maydoniga safar qilib, 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mezbonlar safida Endi Myurrey, Daffi hamda Paskal Gross 1 tadan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, “mankunianlar”ning gollari Lukaku hamda Pogba tomonidan kiritildi.

Angliya premer-ligasi

2-tur bellashuvlari

19-avgust, yakshanba

Gollar: 0:1 – 3 Grey, 1:1 – 6 Tarkovski, 1:2 – 48 Dini, 1:3 – 51 Xyuz.

Gollar: 1:0 – 25 Aguero, 2:0 – 31 Gabriel Jezus, 3:0 – 35 Aguero, 3:1 – 43 Gorens-Stankovich, 4:1 – 48 Silva, 5:1 – 75 Aguero, 6:1 – 84, avtogol Kongolo.

Gollar: 1:0 – 25 Myurrey, 2:0 – 27 Daffi, 2:1 – 34 Lukaku, 3:1 – 44, penalti Gross, 3:2 – 90, penalti Pogba.

20-avgust, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-08-2018, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют