» » APL. “Manchester Siti” yana 4 ta gol urib g‘alaba qozondi, Vengerning “Arsenal”i esa Mourinyoning “Yunayted”iga mag‘lub bo‘ldi

APL. “Manchester Siti” yana 4 ta gol urib g‘alaba qozondi, Vengerning “Arsenal”i esa Mourinyoning “Yunayted”iga mag‘lub bo‘ldi


Bugun, 29-aprel sanasida Angliyada 36-tur uchrashuvlari doirasida ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

APL chempionligini muddatidan avval qo‘lga kiritgan “Manchester Siti” safarda “Vest Hem” darvozasiga 4 ta gol urishning ustidan chiqdi. Mezbonlar esa bunga faqat bitta gol bilan javob bera oldi, xolos.

Kun taqvimidan o‘rin olgan ikkinchi o‘yin “Manchester Yunayted” hamda “Arsenal” jamoalari o‘rtasida kechdi. Bellashuv Joze Mourinyo shogirdlari foydasiga hal bo‘ldi. Hisob 2:1.

Turning so‘nggi o‘yini ertaga, 30-aprel sanasida “Tottenhem” hamda “Uotford” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Angliya premer ligasi

36-tur bellashuvlari

29-aprel, yakshanba

Gollar: 0:1 – 13 Sane, 0:2 – 27, avtogol Sabaleta, 1:2 – 42 Kressuell, 1:3 – 53 Gabriel Jezus, 1:4 – 64 Fernandino.

“Vest Hem” – Adrian, Kressuell, Evra (Masuaku, 66), Sabaleta, Ogbonna, Fernandesh (Joau Mariu, 65), Kuyate, Lansini (Ernandes, 66), Nobl, Arnautovich, Rays.

“Manchester Siti” –Ederson, Laport, Otamendi, Uoker (Danilo, 61), Delf, Gyundogan (Ture, 71), Fernandino, Sane, de Bryuyne, Sterling, Gabriel Jezus (Nmecha, 80).

Ogohlantirishlar: Otamendi (37).

Gollar: 1:0 – 16 Pogba, 1:1 – 51 Mxitaryan, 2:1 - 90 Fellayni.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Smolling, Lindelef, Valensiya, Yang, Pogba, Matich, Lingard (Fellayni, 64), Errera (Marsyal, 64), Sanches, Lukaku (Reshford, 50).

“Arsenal”: Ospina, Mavropanos, Kolashinas (Monreal, 64), Belerin, Chembers, Mxitaryan (Uillok, 76), Jaka, Meytlend-Naylz, Ivobi, Nelson (Uelbek, 64), Obameyang.

Ogohlantirish: Jaka (24).

30-aprel, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют