» » APL. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida so‘nggi o‘rindagi “Vest Bromvich”ga yutqazib qo‘ydi va “Manchester Siti”ni chempionga aylantirdi (video)

APL. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida so‘nggi o‘rindagi “Vest Bromvich”ga yutqazib qo‘ydi va “Manchester Siti”ni chempionga aylantirdi (video)


Kecha APLning 34-tur uchrashuvlari boshlangandi. 14-aprel sanasida 7 ta uchrashuv bo‘lib o‘tgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Bugun, 15-aprel sanasida 34-tur doirasida yana ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Ulardan birida Rafa Benites boshchiligidagi “Nyukasl” o‘z maydonida Arsen Venger boshliq “Arsenal”ni qabul qilib, 2:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.

Hozirgina kun taqvimidan o‘rin olgan ikkinchi uchrashuv ham yakuniga yetdi. Unda Joze Mourinyo boshchiligidagi “Manchester Yunayted” APLda so‘nggi pog‘onani egallab turgan “Vest Bromvich”ni qabul qildi. Uchrashuv taqdirini mehmonlar yarim himoyachisi Jey Rodriges tomonidan 73-daqiqada kiritilgan yagona gol hal etdi. Shu tariqa o‘tgan turda musobaqa jadvalida birinchi o‘rinni egallab turgan “Manchester Siti”ni yuta olgan “Yunayted”, bu turda autsayder jamoadan o‘z uyida mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Bu mag‘lubiyat tufayli “Manchester Siti” 2-o‘rindagi Joze Mourinyo shogirdlarini 16 ochkoga ortda qoldirib, chempionat tugashiga 5 tur qolganida muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirib oldi.

Angliya premyer ligasi

34-tur bellashuvlari

15-aprel, yakshanba

Gollar: 0:1 – 14 Lyakazett, 1:1 – 29 Peres, 2:1 – 68 Ritchi.

Gol: 0:1 — 73 Rodriges.

16-aprel, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют