» » Rasman: “Manchester Siti” — Angliya chempioni

Rasman: “Manchester Siti” — Angliya chempioni


“Manchester Siti” 2017/18-yilgi mavsumda Angliya premyer ligasi chempioniga aylandi.

34-turda doirasida kecha, 14-aprel sanasida “Manchester Siti” safarda “Tottenhem”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Bugun esa ikkinchi o‘rindagi Joze Mourinyo boshliq “Manchester Yunayted” o‘z uyida so‘nggi o‘rindagi “Vest Bromvich”ga  0:1 hisobidayutqazib qo‘ydi.

Chempionat tugashiga 5 ta tur qolgan bir pallada Xosep Gvardiola jamoasi “Yunayted”dan 16 ochkoga oldinlab ketdi va muddatidan avval chempionlikni hal etdi.

Shu tariqa “Manchester Siti” o‘z tarixida beshinchi bor Angliya chempioni degan unvonga sazovor bo‘ldi (1936/37, 1967/68, 2011/12, 2013/14, 2017/18).

Pep “Siti” bilan chempion bo‘lgunga qadar, Ispaniyada “Barselona” bilan (3 marta), Germaniyada esa “Bavariya” (3 marta) bilan mamlakatda tengsiz bo‘lishga erisha olgan edi. Shu tariqa Gvardiola 3 ta top-ligada chempion bo‘la oldi. Undan avval bunday natijani Karlo Anchelotti ( 4 ta ligada — Angliya, Italiya, Fransiya, Germaniya) hamda Joze Mourino (3 – Angliya, Italiya, Ispaniya) qayd eta olgandi.

Pep murabbiylik faoliyatida 23 ta sovrinni qo‘lga kiritishga ulgurdi. Joze Mourino esa shu kunga qadar 25 ta sovringa ega chiqqan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-04-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют