» » APL. “Manchester Yunayted” fantastik kambekni amalga oshirib, “Siti”ni mag‘lub etdi (video)

APL. “Manchester Yunayted” fantastik kambekni amalga oshirib, “Siti”ni mag‘lub etdi (video)


Angliya premyer ligasining 33-turida Manchester derbisi bo‘lib o‘tdi.

“Manchester Siti” o‘z maydonida hamshahari “Manchester Yunayted”ni qabul qildi. Agarda “shaharliklar” mazkur o‘yinda g‘alaba qozonganida, muddatidan avval chempionlikka erishgan bo‘lardi. Ammo unday bo‘lib chiqishiga Joze Mourinyo shogirdlari yo‘l qo‘ymadi.

Birinchi bo‘limda “Man Siti” Vensan Kompani va Ilkay Gyundoganning gollari sabab hisobda oldinga chiqdi. Birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda esa “Yunayted” vaziyatni nafaqat o‘ngladi, balki o‘z foydasiga ham hal qila oldi. Avval 2 daqiqa ichida Pol Pogba 2 ta gol urib, hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, Kris Smolling esa 69-daqiqada g‘alaba golini kiritdi.

Shu tariqa “Man Siti” chempionlik masalasini keyiroqqa surishga majbur bo‘ldi.

Angliya premyer ligasi

33-tur bellashuvlari

7-aprel, shanba

Gollar: 1:0 – 25 Vensan Kompani, 2:0 – 30 Ilkay Gyundogan, 2:1 – 53 Pol Pogba, 2:2 – 55 Pol Pogba, 2:3 – 69 Kris Smolling.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют