» » Joze Mourinyo shogirdlari “Chelsi” ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Shu tariqa amaldagi chempion 5-o‘ringa sho‘ng‘idi

Joze Mourinyo shogirdlari “Chelsi” ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Shu tariqa amaldagi chempion 5-o‘ringa sho‘ng‘idi


Angliya Premyer-Ligasining 28-turiga kelib “Tottenhem” futbolchilari mamlakatning amaldagi chempioni hisoblangan “Chelsi”dan oldinga o‘tib oldi.

“Chelsi” turning markaziy o‘yinini “Old Trafford” stadionida o‘tkazdi. “Manchester Yunayted”ga qarshi birinchi uchrashuvda Alvaro Morataning goli “Chelsi”ga g‘alaba keltirgandi. Bu safar Joze Mourinyo jamoasi iroda ko‘rsatdi.

Hisob londonliklar tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, keyinroq Romelu Lukaku hisobni tenglashtirdi va golli pasi bilan Lingardga g‘alaba golini kiritish imkoniyatini yaratib berdi — 2:1.

Poytaxtning boshqa bir klubi “Tottenhem” esa London derbisida “Kristal Pelas”ni mag‘lub etdi. Deyarli so‘nggi daqiqada “shporlar” g‘alaba golini urishga erishdi. Qahramon o‘sha-o‘sha — Harri Keyn. Mazkur 3 ochko sabab “Tottenhem” turnir jadvalida “Chelsi”dan oldinga o‘tib oldi.

Mazkur turning so‘nggi o‘yini “Manchester Siti” va “Arsenal” jamoalari o‘rtasida bo‘ladi. Kecha ular Angliya Liga Kubogining finalida maydonga tushgani uchun, tur o‘yini payshanbaga belgilangan.

Angliya Premyer-Ligasi

28-tur bellashuvlari

25-fevral, yakshanba

Gol: Harri Keyn, 89 (0:1).

Gollar: Villian, 32 (0:1). Romelu Lukaku, 39 (1:1). Jessi Lingard, 75 (2:1).

1-mart, payshanba

“Arsenal” — “Manchester Siti” 00:45



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют