» » “Chelsi” London derbisida Moyes klubiga mag‘lub bo‘ldi. “Tottenhem”dan 5 ta gol, “Lester”da ketma-ket uch g‘alaba

“Chelsi” London derbisida Moyes klubiga mag‘lub bo‘ldi. “Tottenhem”dan 5 ta gol, “Lester”da ketma-ket uch g‘alaba


Angliya Premyer-Ligasining 16-turida “Vest Hem” va “Chelsi” klublari o‘zaro to‘qnash keldi.

Deviy Moyes jamoani qabul qilib olganidan so‘ng “Vest Hem” futbolchilari ketma-ket ikki mag‘lubiyatga yo‘liqqandi. Uning ikkinchisida londonliklar sal qolsa Gvardiola boshqaruvidagi “Siti”dan ochko tortib olishi mumkin edi.

Endi esa klub kunning markaziy o‘yini bo‘lgan London derbisida mamlakatning amaldagi chempioni “Chelsi”ni taslim qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa Moyes yangi jamoasidagi g‘alabali seriyasini ochib oldi. Antonio Konte shogirdlari esa chempionlikdan yana bir qadam uzoqlashdi.

Chempionlar Ligasida hammadan ko‘p ochko to‘plagan “Tottenhem” futbolchilari yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mazkur bellashuvda yetakchi hujumchi Harri Keyn 2 ta gol urishga erishdi.

“Lester” esa APLdagi ketma-ket uchinchi g‘alabasiga ega chiqib, turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Klod Pyuelning tashrifi “tulkilar”ning ketma-ket to‘rt turdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmasligiga sabab bo‘lmoqda.

Bugun qolgan yetakchilar maydonga tushadi. Oldinda futbol muxlislarini Liverpul va Manchester derbilari kutib turibdi.

Angliya Premyer-Ligasi

16-tur bellashuvlari

9-dekabr, shanba

Gol: Marko Arnautovich, 6 (1:0).

Gollar: Stiv Munye, 12 (1:0). Stiv Munye, 43 (2:0).

Gollar: Rayan Shoukross, 21-avt (1:0). Son Xyon Min, 53 (2:0). Harri Keyn, 54 (3:0). Harri Keyn, 65 (4:0). Kristian Eriksen, 74 (5:0). Rayan Shoukross, 80 (5:1).

Gol: Uilfrid Boni, 81 (1:0).

Gollar: Jermeyn Defo, 10 (0:1). Luka Milivoyevich, 41-pen (1:1). Skott Dann, 44 (2:1). Jermeyn Defo, 48+ (2:2).

Noaniq penalti: Kristian Benteke, 92+ (K).

Gol: Skott Erfild, 45 (1:0).

Chetlatish: Marvin Zegelar, 39 (U).

Gollar: Xoselu, 4 (1:0). Riyod Mahrez, 20 (1:1). Demarey Grey, 60 (1:2). Duayt Geyl, 73 (2:2). Ayose Peres, 87-avt (2:3).

10-dekabr, yakshanba

“Sautgempton” — “Arsenal” 17:00 UzReport

“Liverpul” — “Everton” 19:15 Futbol-TV

“Manchester Yunayted” — “Manchester Siti” 21:30 Futbol-TV

Опубликовано: admin (10-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 103) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют