» » APL. “Arsenal” Liverpulda “tiz cho‘kdi”, “Byornli” London yetakchilari kushandasi

APL. “Arsenal” Liverpulda “tiz cho‘kdi”, “Byornli” London yetakchilari kushandasi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasida 3-tur bellashuvlariga yakun yasaldi.

Mavsumni mag‘lubiyat bilan boshlagan “Chelsi” ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Londonda “Everton”ni qabul qilgan Antonio Konte jamoasi joniga ispaniyalik futbolchilar oro kirdi. Ketma-ket ikki tur davomida gol urgan Ueyn Runi bu safar to‘xtadi.

Turning markaziy o‘yini “Enfild”da kechib, “Arsenal” Yurgen Klopp shogirdlaridan yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi — 0:4. Shu tariqa “Liverpul” turnir jadvalida “Yunayted”dan keyingi jamoaga aylandi.

“Tottenhem” qatorasiga ikkinchi uy uchrashuvida ochko yo‘qotdi. O‘tgan safar “Chelsi”dan yengilgan klub, bu safar “Byornli”dan so‘nggi soniyalarda gol o‘tkazib yubordi. “Byornli” futbolchilari ilk turda “Chelsi” maydonidan 3 ochko bilan qaytganini ham unutmaslik kerak.

Angliya Premyer-Ligasi
3-tur bellashuvlari
27-avgust, yakshanba

Gollar: Jey Rodriges, 61 (1:0). Piter Krauch, 78 (1:1).

Gollar: Sesk Fabregas, 27 (1:0). Alvaro Morata, 40 (2:0).

Gollar: Dele Alli, 49 (1:0). Kris Vud, 90+2 (1:1).

Gollar: Roberto Firmino, 17 (1:0). Sadio Mane, 40 (2:0). Muhammad Saloh, 57 (3:0). Daniel Starrij, 77 (4:0).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-08-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют