» » APL. Devid Moyesni quvontirgan so‘nggi soniya. “Siti” va “Tottenhem”da ishonchli g‘alaba

APL. Devid Moyesni quvontirgan so‘nggi soniya. “Siti” va “Tottenhem”da ishonchli g‘alaba


Angliya Premyer-Ligasining 22-tur bellashuvlari bugun — 3-yanvar sanasida bo‘lib o‘tadigan London derbisi bilan o‘z yakuniga yetadi. “Arsenal” hamda “Chelsi” klublari o‘rtasidagi markaziy o‘yin Toshkent vaqti bilan 00:45 da start oladi.

Kecha esa 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uzoq kutilgan ishni qilib, “Manchester Siti”dan ochko tortib olgan “Kristal Pelas” futbolchilari bu safar “Sautgempton” maydonidan g‘alaba bilan qaytib keldi. Devid Moyes boshqaruvidagi “Vest Hem” futbolchilari esa so‘nggi daqiqada urilgan gol sabab irodali g‘alabaga erishdi — 2:1.

Harri Keynsiz harakat qilganiga qaramay, Londonning “Tottenhem” klubi Uelsda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Manchester Siti” esa Londondagi ochko yo‘qotishidan keyin yana bir ishonchli g‘alabaga erishdi.

Angliya Premyer-Ligasi

22-tur bellashuvlari

2-yanvar, seshanba

Gollar: Fernando Lyorente, 12 (0:1). Dele Alli, 89 (0:2).

Gollar: Sheyn Long, 17 (1:0). Jeyms Makartur, 69 (1:1). Luka Milivoyevich, 80 (1:2).

Gollar: Jeyms Maklin, 30 (0:1). Endryu Kerroll, 59 (1:1). Endryu Kerroll, 93+ (2:1).

Gollar: Rahim Sterling, 1 (1:0). Kristian Kabasele, 13-avt (2:0). Serxio Aguero, 63 (3:0). Andre Grey, 82 (3:1).

3-yanvar, chorshanba

“Arsenal” — “Chelsi” 00:45

4-yanvar, payshanba

“Tottenhem” — “Vest Hem” 01:00

Опубликовано: admin (3-01-2018, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют