» » Ketma-ket 18 ta turda zafar quchgan “Manchester Siti” yangi yil kuni va nihoyat ochko yo‘qotdi

Ketma-ket 18 ta turda zafar quchgan “Manchester Siti” yangi yil kuni va nihoyat ochko yo‘qotdi


APL yetakchisi “Manchester Siti”dan ochko tortib oladigan jamoa topildi. Bu — “Kristal Pelas”.

London klubini qabul qilib olguniga qadar Angliya milliy termasini 4 yil davomida boshqarib kelgan Roy Xojson “shaharliklar”ni to‘xtatib qolishning yo‘lini topdi. 70 yoshli mutaxassis shogirdlari hatto g‘alabani ilib ketishi ham mumkin edi. Biroq serbiyalik futbolchi 91-daqiqada “Siti” darvozasiga belgilangan penaltidan aniq foydalana olmadi. Braziliyalik posbon zarbani bartaraf etib, Gvardiola jamoasini mavsumdagi ilk mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa “Manchester Siti” futbolchilari kuchli beshlikda mutloq rekordni yangilay olmadi. O‘z vaqtida Germaniyaning “Bavariya” klubi ketma-ket 19 o‘yinda zafar quchishga erishgandi. “Siti” esa 18 talik ko‘rsatkich bilan to‘xtadi.

Londonning “Arsenal” klubi esa turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turgan “Vest Bromvich” maydonida ochko yo‘qotdi. Qo‘lga kiritilgan 1 ochko “to‘pchilar”ni 5-o‘ringa olib chiqdi. Biroq bu mustahkam joylashuv emas. 4-yanvar kuni “Tottenhem” London derbisida zafar qucha olsa yoki durang o‘ynasa, “Arsenal”dan ilgarilab ketadi.

Angliya Premyer-Ligasi

21-tur bellashuvlari

31-dekabr, yakshanba

Noaniq penalti: Luka Milivoyevich, 91+ (K).

Gollar: Aleksis Sanches, 84 (0:1). Jey Rodriges, 88-pen (1:1).

4-yanvar, payshanba

“Tottenhem” — “Vest Hem”

Опубликовано: admin (1-01-2018, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют