» » Mag‘lubiyatsiz kelayotgan “Siti” Angliyada, “Barselona” esa Ispaniyada rekord o‘rnatdi

Mag‘lubiyatsiz kelayotgan “Siti” Angliyada, “Barselona” esa Ispaniyada rekord o‘rnatdi


Xosep Gvardiola hayotida muhim o‘rin tutadigan ikki klub — “Barselona” va “Manchester Siti” o‘zi ishtirok etayotgan chempionat rekordlariga ta’sir o‘tkazdi.

Kataloniyalik futbolchilar La Liga 15-turida “Vilyarreal”ni mag‘lub etib, Ispaniya klublari orasida eng uzoq davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyaga ega chiqdi. Ya’ni, La Liga jamoalari “Barselona”ni 22 ta o‘yindan buyon mag‘lub eta olmayapti.

Ernesto Valverde boshqaruvida “Barselona” shu mavsumning o‘zida 15 ta uchrashuv o‘tkazib, ularning 12 tasida zafar quchdi va 3 marta durang qayd etdi. Avvalgi mavsumning so‘nggi 7 turida ham kataloniyalik futbolchilar mag‘lubiyat nima ekanini bilmagandi. So‘nggi bor “Barselona” 2017-yilning 8-aprel kuni “Malaga” maydonida imkoniyatni boy bergandi — 0:2.

Xosep Gvardiola boshchilik qilayotgan “Manchester Siti” futbolchilari esa “Arsenal”ning rekordini takrorladi. “To‘pchilar” 2002-yilgi mavsum ketma-ket 14 ta uchrashuvda zafar quchishning uddasidan chiqqan bo‘lib, APL klublari bu qadar uzoq g‘alabali seriyani keyinroq qayd eta olmagandi. Oradan 15 yil o‘tib, “Siti” katta sahnaga chiqdi va ketma-ket 14 ta o‘yinda zafar quchdi.

Joriy mavsum “shaharliklar”dan ochko olishni faqatgina “Everton” udallab, 2-turda 1:1 hisobida durang o‘ynashning uddasidan chiqa olgandi. Qolganiga Gvardiola jamoasini to‘xtatib bo‘lmadi. “Siti” navbatdagi turni Uelsda “Suonsi”ga qarshi o‘tkazishi inobatga olinsa, jamoa “Arsenal”ning rekordini biryo‘la yangilab qo‘yishi ham mumkin.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют