» » “Yunayted”ni kim mag‘lub etadi? Mourinyo 24 mag‘lubiyatsiz seriya bilan klub rekordini takrorladi

“Yunayted”ni kim mag‘lub etadi? Mourinyo 24 mag‘lubiyatsiz seriya bilan klub rekordini takrorladi


Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol klubi APL 26-turidan qolib ketgan o‘yinda “Manchester Siti”ga qarshi maydonga tushib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Bu “Yunayted”ning APLdagi ketma-ket 24 uchrashuvni mag‘lubiyatsiz o‘tkazganini bildiradi. Natijada Mourinyo boshqaruvidagi klub “Yunayted” rekordini takrorladi, deb yozdi “Sports.ru”.

“Mankunianlar” so‘nggi bor 2016-yilning 23-oktabr kuni “Chelsi”dan 0:4 hisobida mag‘lubiyat qabul qilib olgandi. Shundan keyin Joze Mourinyo shogirdlari mag‘lubiyatsiz seriyani boshlab yubordi.

Ayni paytda “Manchester Yunayted” mavsum davomida bor-yo‘g‘i uch bor mag‘lub bo‘lgan ikki klubdan biri bo‘lib turibdi (“Tottenhem”da ham uchta mag‘lubiyat). Durang qayd etish borasida esa “Yunayted” yaqqol yetakchi — 13 marta.

APL doirasida “qizil iblislar” navbatdagi bellashuvni 30-aprel kuni “Suonsi”ga qarshi o‘tkazadi. “Old Trafford”dagi o‘yinda ham “Yunayted” mag‘lub bo‘lmasa, “Siti”ga qarshi o‘yindan keyin takrorlangan rekord bir yo‘la yangilanadi.

Опубликовано: admin (28-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют