WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Mourinyo “Yunayted”i Fergyuson davridagi natijani takrorlash uchun yana bir qadam tashladi
Mourinyo “Yunayted”i Fergyuson davridagi natijani takrorlash uchun yana bir qadam tashladi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Old Trafford” stadionida ketma-ket 26 ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmadi.
Yevropa ligasining chorak finalida “Anderlext”ni qabul qilgan “mankunianlar” asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang o‘ynadi va qo‘shimcha daqiqada g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa Manchester shahridagi mag‘lubiyatsiz seriyaning davom etishiga sabab bo‘ldi.
2011-yilgi mavsum “Manchester Yunayted” o‘z maydonidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 37 ta o‘yinga yetkazib olgandi. Fergyuson davridagi o‘sha natijaga na Moyes va na Lui Van Gal yaqin keldi. Mourinyoda esa bu ko‘rsatkich uchun yana 11 ta uy uchrashuvi qoldi.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?