» » Yevropa ligasi. Yarim finaldagi ikki o‘yinda overtaym, yana birida penaltilar seriyasi

Yevropa ligasi. Yarim finaldagi ikki o‘yinda overtaym, yana birida penaltilar seriyasi


Yevropa ligasining yarim finalida to‘p suradigan to‘rt klubi nomi aniq bo‘ldi: “Manchester Yunayted”, “Lion”, “Ayaks” va “Selta”.

Belgiyadan 1:1 hisobidagi durang bilan qaytgan Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi o‘z maydonida ham shunday o‘ynadi. Overtaymlarda esa Markus Reshford “mankunianlar” uchun g‘alaba golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

“Lion” futbolchilari “Beshiktosh”ga qarshi ilk uchrashuvda 2:1 hisobidagi irodali g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Turkiyada endi turklar shu hisobda ustun keldi. Penaltilar seriyasiga qadar yetib borgan o‘yinda dastlabki 5 tadan zarba aniq bo‘ldi. Keyinroq mezbonlardan ikki futbolchi gol ura olmadi va “Lion” navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Chorak finalning javob o‘yinlarida Gollandiyaning “Ayaks” klubi haqiqiy iroda ko‘rsatdi. Germaniyadagi o‘yinning 80-daqiqasiga kelib bir kishi kam qolgan klub, qolgan 40 daqiqa davomida 2 ta gol urib, navbatdagi bosqich chiptasini hal qildi.

Yevropa ligasi
Chorak final
20-aprel, payshanba

Gollar: Genrix Mxitaryan, 10 (1:0). Sofyan Anni, 32 (1:1). Markus Reshford, 107 (2:1).
Dastlabki o‘yin: 1:1

Gollar: Taliska, 27 (1:0). Aleksandr Lyakazett, 34 (1:1). Taliska, 58 (2:1).
Dastlabki o‘yin: 1:2

Gollar: Pione Sisto, 63 (0:1). Leandro Trossar, 67 (1:1).
Dastlabki o‘yin: 2:3

Gollar: Leon Goretska, 53 (1:0). Gvido Burgshtaller, 56 (2:0). Daniel Kalidjiuri, 101 (3:0). Nik Virgever, 111 (3:1). Amin Yunes, 120 (3:2).
Chetlatish: Joel Veltman, 80 (A).
Dastlabki o‘yin: 0:2

Опубликовано: admin (21-04-2017, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют