» » “Yunayted” Belgiya klubini yenga olmadi, “Beshiktosh” Fransiyada, “Shalke” Gollandiyada yengildi

“Yunayted” Belgiya klubini yenga olmadi, “Beshiktosh” Fransiyada, “Shalke” Gollandiyada yengildi


Yevropa ligasining chorak finalidan joy olgan dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Chempionlik uchun asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Belgiyada “Anderlext” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Joze Mourinyo jamoasi avvalgi bosqichning safar o‘yinida “Rostov” bilan ham 1:1 o‘ynab, keyinroq “Old Trafford”da vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirgandi.

Gollandiyaning “Ayaks” klubi o‘n yildan oshiqroq vaqt davomida yevrokuboklarning chorak finaliga qadar yetib kela olmagandi. Endi klub yarim final ostonasida turibdi. O‘z maydonida “Shalke” darvozasiga ikkita gol urgan Amsterdam klubi javob o‘yinida eng xotirjam harakat qilishi mumkin bo‘lgan jamoaga aylandi.

Avvalgi bosqichda Italiyaning “Roma” klubiga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan “Lion”, bu safar Turkiyaning “Beshiktosh”ini mag‘lub etdi. La liga ishtirokchisi “Selta” esa “Genk”ni 3:2 hisobida taslim qildi.

Yevropa ligasi
Chorak final
13-aprel, payshanba

Gollar: Genrix Mxitaryan, 37 (0:1). Leander Dendonker, 86 (1:1).

Gollar: Devi Klassen, 23-pen (1:0). Devi Klassen, 52 (2:0).

Gollar: Rayan Babel, 15 (0:1). Korenten Tolisso, 83 (1:1). Jeremi Morel, 85 (2:1).

Gollar: Jan-Pol Boetyus, 10 (0:1). Pione Sisto, 15 (1:1). Yago Aspas, 18 (2:1). Yon Gvidetti, 38 (3:1). Tomas Buffel, 67 (3:2).

Опубликовано: admin (14-04-2017, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 102) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют