Bugun Yevropa ligasi o‘yinlari. UzReport Rossiya hamda Fransiyadan translyatsiya uyushtiradi
Bugun — 9-mart kuni Yevropa ligasida ishtirok etayotgan klublar chorak final sari kurashni boshlaydi.
O‘yinlar ikki xil paytda — Toshkent vaqti bilan 23:00 hamda 01:05 da start oladi. Musobaqani O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan UzReport shu tariqa ikki o‘yinni jonli ko‘rsatadi.
23:00 da telekanal o‘z e’tiborini Rossiyaga qaratib, “Rostov” hamda “Manchester Yunayted” o‘yinini translyatsiya qiladi. 01:05 dan boshlab esa “Lion” — “Roma” o‘yini efir yuzini ko‘radi.
Yevropa ligasi
1/8 final
9-mart, payshanba
“Rostov” (Rossiya) — “MYU” (Angliya) — 23:00
“Kopengagen” (Daniya) — “Ayaks” (Gollandiya) — 23:00
“APOEL” (Kipr) — “Anderlext” (Belgiya) — 23:00
“Selta” (Ispaniya) — “Krasnodar” (Rossiya) — 01:05
“Shalke” (Germaniya) — “Borussiya Myonxengladbax” (Germaniya) — 01:05
“Lion” (Fransiya) — “Roma” (Italiya) — 01:05
“Olimpiakos” (Gresiya) — “Beshiktosh” (Turkiya) — 01:05
“Gent” (Belgiya) — “Genk” (Belgiya) — 01:05
Добавить комментарий!
