» » Ser Aleks Fergyuson “Manchester Yunayted”ni yana 1 ta o‘yinda maydonga boshlab tushishga rozi bo‘ldi

Ser Aleks Fergyuson “Manchester Yunayted”ni yana 1 ta o‘yinda maydonga boshlab tushishga rozi bo‘ldi


Angliyaning “Manchester Yunayted” klubidagi faoliyati orqali tirik afsonaga aylangan Ser Aleks Fergyuson “qizil iblislar”ni yana 1 ta o‘yinda maydonga boshlab tushishga rozi bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Shu yilning 4-iyun kuni “Old Trafford” stadioni jamoa a’zosi Maykl Kerrik sharafiga o‘tadigan futbol uchrashuviga mezbonlik qiladi. Bu o‘yin Kerrikning “Yunayted” safida to‘p surayotganiga 11 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etiladi.

Kerrik to‘p suradigan jamoaga Fergyuson mezbonlik qiladi. Uning qo‘li ostida Pol Skoulz, Rayan Giggz kabi sobiq futbolchilar to‘p suradi. Mashhur murabbiylardan yana biri Harri Rednapp boshqaradigan jamoa safida esa Frenk Lempard, Stiven Jerrard, Maykl Ouyen kabi yulduzlar to‘p surishi aniq bo‘lib ulgurgan.

4-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan shouda yana qanday yulduzlar ishtirok etishiga keyinroq oydinlik kiritiladi.

Опубликовано: admin (21-03-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют