» » G‘alati Angliya. So‘nggi besh yilda besh mutaxassis jamoasini chempion qilganidan keyin iste’fo berdi. Venger esa davom etadi

G‘alati Angliya. So‘nggi besh yilda besh mutaxassis jamoasini chempion qilganidan keyin iste’fo berdi. Venger esa davom etadi


Angliya Premyer-ligasi dunyoning eng tomoshabop ligasi sifatida tan olinadi. Bu bejizga emas.

G‘alati statistika shuni ko‘rsatib berdiki, jamoasi bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan besh nafar mutaxassis keyinroq iste’foga chiqarilgan. Gap uzoq tarix haqida emas, so‘nggi besh yil xususida boradi, deb yozgan o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev Facebook sahifasida.

2012-yil Roberto Manchini “Manchester Siti” futbol klubi bilan APL chempionligini qo‘lga kiritdi. Oradan bir yil o‘tmay mutaxassisga chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yildi.

2013-yil Ser Aleks Fergyuson boshqargan “Manchester Yunayted” Angliya taxtiga keldi. O‘sha mavsumning o‘zidayoq Fergyuson katta futbol bilan xayrlashib, “Old Trafford”ning o‘zida muxlislarga dil izhorlarini aytdi.

2014-yil Manuel Pelligrini boshchilik qilgan “Manchester Siti”ga Premyer-liga oltin medallari nasib qildi. Shundan keyin murabbiy “shaharliklar”ni yana 1,5 yilgina boshqardi va unga ham chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yildi.

2015-yil Joze Mourinyo o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan “Chelsi”ni mamlakat chempionligi sari boshlab keldi. O‘sha vaqtda yana 6 oydan so‘ng portugaliyalik mutaxassisning iste’foga chiqishini ko‘pchilik xayoliga ham keltira olmasdi. Voqealar rivoji esa shunday bo‘lib chiqdi.

2016-yilgi mavsum “Lester”ning chempion bo‘lishi fantastikadan boshqa narsa emasdi. Kuchli oltilik jamoalaridan tashqari yana bir qator ingliz klublarining byudjeti “Lester”nikidan kattaroq, tarkibi esa kuchliroq edi. Italiyalik murabbiy esa ertaklardagi kabi muvaffaqiyat qozondi. Oradan 9 oy o‘tib esa “Lester” shu murabbiydan ham kechishga qaror qildi va 2017-yilning 23-fevral kuni Ranyeri bilan xayrlashdi.

Fikrining so‘nggida Nikimbayev “Arsen Venger” nima qilishni biladi, deb qo‘shimcha qildi. “Arsenal”ni fransiyalik murabbiy bir necha yillardan buyon chempion qila olmaydi. Klub shunga qaramay mutaxassis bilan xayrlashishni xayoliga keltirayotgani yo‘q.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют