» » APL. “Arsenal”, “Liverpul” va “Yunayted”da ishonchli g‘alaba. “Tottenhem” esa mag‘lub bo‘ldi

APL. “Arsenal”, “Liverpul” va “Yunayted”da ishonchli g‘alaba. “Tottenhem” esa mag‘lub bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasining 25-turiga kelib kuchli oltilikda borayotgan klublarning 4 tasi maydonga tushdi.

Markaziy o‘yin “Enfild” stadionida o‘tib, Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” futbolchilari “Tottenhem”ni qabul qildi va 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi har ikki gol Sadio Mane tomonidan urildi.

Ma’lumot uchun, “Liverpul” futbolchilari ketma-ket besh tur davomida g‘alaba nima ekanini bilmay kelayotgandi. Jamoa so‘nggi bor kuchli oltilikning boshqa bir a’zosi “Manchester Siti” ustidan zafar quchgandi.

Londonning “Arsenal” va Manchesterning “Yunayted” futbol klublari bir xil g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. So‘nggi ikki turda “Liverpul” hamda “Yunayted”dan jami 4 ochko ishlab olgan “Xall Siti” to‘pchilarga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa, “Old Trafford”da “Uotford”ni qabul qilgan Mourinyo jamoasi ham 2 ta gol farqi bilan zafar quchishning uddasidan chiqa oldi.

Angliya Premyer-ligasi
25-tur
11-fevral, shanba

Gollar: Aleksis Sanches, 34 (1:0). Aleksis Sanches, 90+3-pen (2:0).
Chetlatish: Samuel Klukas, 90+2 (X).

Gollar: Manolo Gabbyadini, 30 (0:1). Manolo Gabbyadini, 45 (0:2). Jeyson Denayer, 88-avt (0:3). Sheyn Long, 90+2 (0:4).

Gollar: Naser Shadli, 6 (0:1). Sofian Feguli, 63 (1:1). Manuel Lansini, 87 (2:1). Jonni Evans, 90+4 (2:2).

Gollar: Xuan Mata, 32 (1:0). Antoni Marcyal, 60 (2:0).

Gol: Jo Allen, 67 (1:0).

Gollar: Sadio Mane, 16 (1:0). Sadio Mane, 18 (2:0).

Опубликовано: admin (12-02-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют