» » Gvardiola APLning ustidan kula boshladi. “Siti”ni markaziy o‘yinda “Tottenhem” ham to‘xtata olmadi

Gvardiola APLning ustidan kula boshladi. “Siti”ni markaziy o‘yinda “Tottenhem” ham to‘xtata olmadi


Angliya Premyer-Ligasining 18-turida Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” 17-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Markaziy o‘yinda amaldagi vitse-chempion — “Tottenhem”ni qabul qilgan “shaharliklar” 4:1 hisobida zafar quchdi. Hisob bundan-da yirik ko‘rinish olishi mumkin edi, agar Jesus penaltidan aniq foydalana olganida.

“Siti” o‘tgan turdayoq ketma-ket g‘alabalar borasida APL rekordini o‘rnatib ulgurgandi. Endi esa o‘z rekordlarini yangilash ishlari bilan band. Hozirgi holatda u ta’qibchilaridan 14 ochko ilgarilab ketgan.

Mazkur turda yana uchta yirik hisob kuzatildi. Devid Moyes tashrifidan keyin o‘ziga kelayotgan “Vest Hem” safarda 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Bungacha londonlik futbolchilar ketma-ket ikki tur derbida o‘ynab, “Chelsi”ni taslim qilgan va “Arsenal”ni 2 ochkodan mosuvo qilgandi.

Ketma-ket to‘rt turdan buyon zafar quchib kelayotgan “Lester” mazkur turda kutilmagan mag‘lubiyat qabul qilib oldi hamda “Kristal Pelas”ga xavfli zonadan chiqib olish imkoniyatini “yaratib berdi”.

Angliya Premyer-Ligasi

18-tur bellashuvlari

16-dekabr, shanba

Gollar: Kristian Benteke, 19 (0:1). Uilfrid Zaxa, 40 (0:2). Bakari Sako, 94+ (0:3).

Chetlatish: Vilvrid Ndidi, 61 (L).

Gol: Markos Alonso, 48+ (1:0).

Gollar: Elias Kachunga, 6 (0:1). Aaron Muy, 23 (0:2). Loran Depuatr, 50 (0:3). Abdulay Dukure, 68 (1:3). Aaron Muy, 89-pen (1:4).

Chetlatishlar: Troy Dini, 33 (U). Jonatan Xogg, 61 (X).

Noaniq penalti: Glenn Myurrey, 36 (mezbon).

Gol: Mesut O‘zil, 23 (1:0).

Gollar: Mark Noubl, 19-pen (0:1). Marko Arnautovich, 75 (0:2). Diafra Saxo, 86 (0:3).

Gollar: Ilkay Gyundogan, 14 (1:0). Kevin de Bryuyne

Noaniq penalti: Gabriel Jesus, 75 (M).

17-dekabr, yakshanba

“Vest Bromvich” — “Manchester Yunayted” 19:15

“Bornmut” — “Liverpul” 21:30

18-dekabr, dushanba

“Everton” — “Suonsi” 01:00

Опубликовано: admin (17-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют