» » APL. Ketma-ket uchinchi yirik g‘alaba bilan Klopp “Liverpul”i “Arsenal” va “Chelsi”ga yetib oldi

APL. Ketma-ket uchinchi yirik g‘alaba bilan Klopp “Liverpul”i “Arsenal” va “Chelsi”ga yetib oldi


Angliya Premyer-Ligasining 11-turidan joy olgan 6 ta bellashuv o‘z yakuniga yetdi. Bunda faqatgina Yurgen Klopp boshqaruvidagi “Liverpul” yirik g‘alabani tantana qildi.

Londonda “Vest Hem” mehmoni bo‘lgan “mersisayd” klubi 4:1 hisobida zafar quchdi va poytaxt yetakchilari bo‘lgan “Chelsi” hamda “Arsenal” bilan tenglashib oldi.

Bu Slaven Bilich jamoasining o‘z uyidagi ketma-ket ikkinchi yirik mag‘lubiyati bo‘ldi. Avvalroq Londonga “Brayton” tashrif buyurib, 3:0 hisobida zafar quchgandi. “Liverpul” esa “Tottenhem” maydonidagi 1:4 dan keyin o‘ziga kelishni boshladi va ketma-ket uch o‘yinda yirik g‘alabaga erishdi: “Xaddersfild” 3:0, “Maribor” 3:0 va “Vest Hem” 4:1.

APL 11-turining markaziy o‘yinlari bugun — 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Angliya Premyer-Ligasi

11-tur bellashuvlari

4-noyabr, shanba

Gollar: Iborra, 33 (0:1). Jerdan Shakiri, 39 (1:1). Riyod Mahrez, 60 (1:2). Piter Krauch, 73 (2:2).

Gol: Rayiv van La Parra, 44 (1:0).

Chetlatish: Kristofer Shindler, 57 (X).

Gol: Glenn Myurrey, 29 (0:1).

Gol: Sem Vouks, 81 (0:1).

Gol: Stiv Kuk, 92+ (0:1).

Gollar: Muhammad Saloh, 21 (0:1). Joel Matip, 24 (0:2). Manuel Lansini, 55 (1:2). Aleks Oksleyd-Chemberlen, 56 (1:3). Muhammad Saloh, 75 (1:4).

5-noyabr, yakshanba

“Tottenhem” — “Kristal Pelas” — 17:00 Futbol-TV

“Manchester Siti” — “Arsenal” — 19:15 UzReport

“Everton” — “Uotford” — 21:30

“Chelsi” — “Manchester Yunayted” — 21:30 Futbol-TV

Опубликовано: admin (5-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют