» » APL. “Arsenal” va “Liverpul” gol ura olmagan tur Yaponiya va koreyalik futbolchilariga ataldi

APL. “Arsenal” va “Liverpul” gol ura olmagan tur Yaponiya va koreyalik futbolchilariga ataldi


Angliya Premyer-Ligasi klublari mavsumning 17-tur bellashuvlariga yakun yasadi.

Bir tur avval Manchester derbisida zafar quchgan “Siti”, “Arsenal”ning 15 yillik rekordini takrorlagandi. Bu safar Gvardiola jamoasi Uelsdan g‘alaba bilan qaytdi hamda rekordni yangiladi. APL tarixida hali hech bir klubga ketma-ket 15 ta bellashuvda zafar quchish nasib qilmagandi.

Derbida “Siti”ga imkoniyatni boy bergan “Yunayted” esa o‘z maydonida minimal hisobda zafar quchdi. O‘tgan tur antiqahramoni sifatida tanilib, “Siti”ning har ikki golida bilmay ishtirok etib qo‘ygan Romelu Lukaku, bu safar jamoasi joniga oro kirdi.

“Arsenal” va “Liverpul” klublari mazkur turda gol ura olmay, 2 ochkodan yo‘qotdi. Ular o‘tgan turda ham durang o‘ynagandi. “Arsenal” safarda “Sautgempton”ni taslim qila olmagan bo‘lsa, liverpullik futbolchilar derbida “Everton”dan ustun bo‘la olmagandi.

Mazkur tur “Lester” va “Everton” klublari o‘ziga kelayotganini ko‘rsatdi. Klod Pyuel boshchilik qilayotgan “Lester” ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Everton” Sem Ellardays boshqaruvida mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettira oldi.

Mazkur turda osiyolik uch futbolchi gol urdi. Sindzi Okazaki hisobiga 2 ta gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, Maya Yoshida hamda Son Xyon Min 1 tadan gol urdi. Boshqa bir koreyalik Ki Sun Yon harakat qiladigan “Suonsi” esa tor-mor etildi.

Angliya Premyer-Ligasi

17-tur bellashuvlari

13-dekabr, chorshanba

Gollar: David Silva, 27 (0:1). Kevin de Bryuyne, 34 (0:2). David Silva, 52 (0:3). Serxio Aguero, 85 (0:4).

Gollar: Riyod Mahrez, 11 (0:1). Sindzi Okazaki, 32 (0:2). Endi King, 38 (0:3). Maya Yoshida, 61 (1:3). Sindzi Okazaki, 69 (1:4).

Gol: Ueyn Runi, 27 (0:1).

Chetlatish: Jonjo Shelvi, 95+ (N).

Gol: Romelu Lukaku, 25 (1:0).

Gollar: Serj Orye, 40 (1:0). Son Xyon Min, 88 (2:0).

Опубликовано: admin (14-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют