» » Yana 3 tagina g‘alaba “Manchester Siti”ni Angliya chempioniga aylantiradi. Qizig‘i, uchinchi o‘yin “Yunayted”ga qarshi bo‘ladi

Yana 3 tagina g‘alaba “Manchester Siti”ni Angliya chempioniga aylantiradi. Qizig‘i, uchinchi o‘yin “Yunayted”ga qarshi bo‘ladi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasida 30-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Mazkur tur ham Manchester klublari uchun omadli keldi.

“Stok Siti” uyiga tashrif buyurgan “Manchester Siti” futbolchilari 2:0 hisobida zafar quchdi. Chempionlar Ligasining “Bazel”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan David Silva dublga erishdi.

Shu tariqa “shaharliklar” o‘z ta’qibchilari bo‘lmish “Yunayted”dan 16 ochko ilgarilab ketishgan. Yana 3 tagina g‘alaba “Siti”ni mamlakat chempioniga aylantiradi. Qizig‘i, Gvardiola jamoasi ketma-ket ikki turni “Brayton” va “Everton”ga qarshi o‘tkazadi. Uchinchi o‘yin esa “Manchester Yunayted” bilan bo‘ladi. Bellashuv 7-aprel sanasiga tayin qilingan.

Angliya Premyer-Ligasi

30-tur bellashuvlari

12-mart, dushanba

Gollar: David Silva, 10 (0:1). David Silva, 50 (0:2).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют