» » Gvardioladan Vengerga master-klass. “Siti” 5 kun ichida “Arsenal”ni Londonda ikki marta yirik hisobda taslim qildi

Gvardioladan Vengerga master-klass. “Siti” 5 kun ichida “Arsenal”ni Londonda ikki marta yirik hisobda taslim qildi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining 28-turini “Arsenal” — “Manchester Siti” bellashuvi yakunlab berdi.

Turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turgan “Siti” o‘z arenasida “Arsenal” ustidan 3:1 hisobida zafar quchgandi. Tomonlarning Londondagi o‘yinida “shaharliklar” 3:0 hisobida ustun keldi.

Qiziq tomoni, 25-fevral kuni mazkur jamoalar Angliya Liga Kubogining finalida ham o‘zaro to‘qnash kelgan bo‘lib, unda ham Gvardiola boshqaruvidagi “Siti” 3:0 hisobida ustun kelgandi. “Arsenal” bu mavsum hisobidan “Siti”ga qarshi 3 ta o‘yinda maydonga tushib, jami 9 ta gol o‘tkazib yubordi.

Shu tariqa “Arsenal” yetakchilardan ortda qolishda davom etdi. 5-o‘rinda borayotgan “Chelsi” bilan oradagi farq 8 tani tashkil qilyapti.

Angliya Premyer-Ligasi

28-tur bellashuvi

1-mart, payshanba

Gollar: Bernardu Silva, 15 (0:1). David Silva, 28 (0:2). Leroy Sane, 33 (0:3).

Noaniq penalti: Pyer-Emerik Obameyang, 52 (A).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют