» » Bugun Mourinyo va Klopp to‘qnashuvi bo‘ladi. “Liverpul” futbolchilari “Old Trafford”ga tashrif buyurmoqda

Bugun Mourinyo va Klopp to‘qnashuvi bo‘ladi. “Liverpul” futbolchilari “Old Trafford”ga tashrif buyurmoqda


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasida bugun — 10-mart kuni 30-tur bellashuvlari start oladi. Uning ilk o‘yiniyoq markaziy maqomida bo‘ladi.

Turnir jadvalida kuchli uchlikni yakunlab turgan “Manchester Yunayted” va “Liverpul” klublari Toshkent vaqti bilan 17:00 da “Old Trafford” stadioniga chiqib keladi. Ayni paytda Joze Mourinyo shogirdlari liverpulliklarni 2 ochko ortda qoldirmoqda. Tomonlarning “Enfild”da o‘tgan o‘yinlarida hisob ochilmagandi — 0:0.

UzReport va Futbol-TV telekanallari APL 30-turining jami 5 ta o‘yinini jonli translyatsiya qilishni rejalashtirgan.

Angliya Premyer-Ligasi

30-tur bellashuvlari

10-mart, shanba

“Manchester Yunayted” — “Liverpul” 17:30 Futbol-TV

“Everton” — “Brayton” 20:00

“Xaddersfild” — “Suonsi” 20:00

“Nyukasl” — “Sautgempton” 20:00

“Vest Bromvich” — “Lester” 20:00

“Vest Hem” — “Byornli” 20:00

“Chelsi” — “Kristal Pelas” 22:30 Futbol-TV

11-mart, yakshanba

“Arsenal” — “Uotford” 18:30 Futbol-TV

“Bornmut” — “Tottenhem” 21:00 UzReport

12-mart, dushanba

“Stok Siti” — “Manchester Siti” 01:00 Futbol-TV



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют