» » APL. Uikendda London, Manchester va Liverpul derbilari bor. Kuchli qor ularga halal berishi mumkin

APL. Uikendda London, Manchester va Liverpul derbilari bor. Kuchli qor ularga halal berishi mumkin


Angliya Premyer-Ligasining 16-turida muxlislar orziqib kutayotgan bellashuv bo‘lib o‘tadi. Mavsum boshidan buyon eng yaxshi bo‘lib turgan Manchesterning ikki klubi — “Yunayted” va “Siti” “Old Trafford”da to‘qnash keladi.

Turni London derbisi boshlab beradi. Devid Moyes boshchilik qilayotgan “Vest Hem” futbolchilari Antonio Kontening “Chelsi”si bilan raqobat olib boradi. Shanba oqshomida, shuningdek, Chempionlar Ligasidagi 32 jamoa orasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan “Tottenhem”ning “Stok Siti”ga qarshi o‘yini kutib turibdi.

Yakshanba kuni esa turning asosiy o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Avvaliga “Arsenal” janubga tushib, “Sautgempton”ni sinovdan o‘tkazadi. Keyin esa Liverpul va Manchester derbilari katta sahnaga chiqadi. Britaniya nashrlarining ma’lumot berishicha, kuchli qor so‘nggi ikki derbiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.

Ayni paytda “Enfild” va “Old Trafford” egalari stadion tribunalari muzlab qolishidan xavotirda. Ob-havo injiqligidan biroz tiyilmasa, mazkur bellashuvlar boshqa sanaga qoldirilishi ham mumkin.

UzReport va Futbol-TV telekanallari mazkur turdan jami 4 ta bellashuvni olib ko‘rsatishni rejalashtirgan.

Angliya Premyer-Ligasi

16-tur bellashuvlari

9-dekabr, shanba

“Vest Hem” — “Chelsi” 17:30 Futbol-TV

“Xaddersfild” — “Brayton” 20:00

“Tottenhem” — “Stok Siti” 20:00

“Suonsi” — “Vest Bromvich” 20:00

“Kristal Pelas” — “Bornmut” 20:00

“Byornli” — “Uotford” 20:00

“Nyukasl” — “Lester” 22:30

10-dekabr, yakshanba

“Sautgempton” — “Arsenal” 17:00 UzReport

“Liverpul” — “Everton” 19:15 Futbol-TV

“Manchester Yunayted” — “Manchester Siti” 21:30 Futbol-TV

Опубликовано: admin (9-12-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют