» » APLda kuchli to‘rtlikni kim yakunlaydi: “Liverpul” yoki “Arsenal”? UzReport’da so‘nggi tur translyatsiyasi

APLda kuchli to‘rtlikni kim yakunlaydi: “Liverpul” yoki “Arsenal”? UzReport’da so‘nggi tur translyatsiyasi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasida bugun — 21-may kuni navbatdagi mavsumga yakun yasaladi.

Elitani tark etgan, oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan jamoalar nomi allaqachon aniq bo‘lib ulgurgan. “Manchester Yunayted”ning ham 6-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmasligi ravshan.

38-tur Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi so‘nggi o‘rin sohibiga oydinlik kiritadi. Bu borada “Arsenal” va “Liverpul” klublari kurash olib boradi. APL o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qiluvchi UzReport bugun mana shu uchrashuvlarni telemost shaklida olib beradi.

APL so‘nggi tur uchrashuvlarining barchasi bir paytda — Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.

Angliya Premyer-ligasi
38-tur bellashuvlari
21-may, yakshanba

“Arsenal” — “Everton”
“Byornli” — “Vest Hem”
“Lester” — “Bornmut”
“Liverpul” — “Midlsbro”
“Manchester Yunayted” — “Kristal Pelas”
“Sautgempton” — “Stok Siti”
“Suonsi” — “Vest Bromvich”
“Uotford” — “Manchester Siti”
“Xall Siti” — “Tottenhem”
“Chelsi” — “Sanderlend”

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют