» » APL. “Liverpul” va “Chelsi” durangga rozi bo‘lgan, “Tottenhem” o‘z uyida “qoqilgan” bir vaqtda “Manchester Yunayted” g‘alaba qozondi. Bugun “Manchester Siti” va “Arsenal” o‘ynaydi

APL. “Liverpul” va “Chelsi” durangga rozi bo‘lgan, “Tottenhem” o‘z uyida “qoqilgan” bir vaqtda “Manchester Yunayted” g‘alaba qozondi. Bugun “Manchester Siti” va “Arsenal” o‘ynaydi


24-noyabr kuni Angliya Premyer-Ligasida 13-tur bellashuvlari start olgandi. Turning dastlabki o‘yinida “Vest Hem” o‘z maydonida “Lester”ni qabul qilib 1:1 hisobi qayd etilgani haqida xabar bergan edik.

Kecha 25-noyabr, shanba oqshomida turning markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul”, Londonning “Chelsi” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.

“Tottenhem” o‘z maydonida “Vest Bromvich” qarshiligini yenga olmadi. O‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi.

“Manchester Yunayted” esa o‘z maydonida “Brayton”ni qabul qildi. O‘yin 1:0 hisobidagi Joze Mourinyo shogirdlarining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bugun turnir karvoboshisi “Manchester Siti” “Xaddersfild” maydoniga safar uyushtiradi. Arsen Venger shogirdlari “Arsenal” esa “Byornli”ga qarshi safarda bahsga kirishadi.

Angliya Premyer-Ligasi

13-tur bellashuvlari

24-noyabr, juma

Gollar: Olbrayton, 8 (0:1). Kuyate, 45 (1:1).

25-noyabr, shanba

Gollar: Solomon Rondon, 4 (0:1). Harri Keyn, 74 (1:1).

Gollar: Uill Xyuz, 19 (0:1). Deandre Yedlin, 45+2 - avtogol (0:2). Andre Grey, 63 (0:3).

Gol: Lyuis Dank, 66-avtogol (1:0).

Gollar: Jerdan Shakiri, 53 (0:1). Loftus-Chik, 56 (1:1). Mamadu Sako, 90+2 (2:1).

Gollar: Muhammad Saloh, 65 (1:0). Villian, 85 (1:1).

26-noyabr, yakshanba

“Soutgempton” — “Everton” — 16:30

“Byornli” — “Arsenal” — 19:00 Futbol-TV

“Xaddersfild” — “Manchester Siti” — 21:00 Futbol-TV

Опубликовано: admin (26-11-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют