YChL. “Real” va “Manchester Yunayted”da yirik g‘alaba, Ronalduda qizil, “Manchester Siti” yutqazib qo‘ydi (video)
Kecha, 19-sentabr sanasida Yevropa Chempionlar Ligasida 1-tur uchrashuvlari yakuniga yetdi.
Jumladan, musobaqaning amaldagi chempioni Madridning “Real” jamoasi o‘z uyida Rimning “Roma”sini qabul qilib, Isko, Garet Beyl hamda Mariano Diaslarning goli sabab yirik, 3:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Guruhning ikkinchi bahsida “Viktoriya” jamoasi Moskvaning SSKAsi bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Krishtianu Ronaldu esa Ispaniyaga safar qilgan bahsda “Yuventus” “Valensiya”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikkala golni ham Miralem Pyanich penaltidan kiritdi. Qizig‘i uchrashuvning 29-daqiqasida Ronaldu qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Pep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” o‘z uyida “Lion”ni qabul qilib, 1:2 hisobida yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, Joze Mourinyo boshliq “Manchester Yunayted” “Yang Boyz” maydoniga safar qilib, 0:3 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi
1-tur bellashuvlari
19-sentabr, chorshanba
“E” guruhi
Gollar: 1:0 – 46 Talyafiko, 2:0 – 77 van de Bek, 3:0 – 90 Talyafiko.
Gollar: 0:1 – 10 Levandovski, 0:2 – 54 Sanshesh.
“F” guruhi
Gollar: 0:1 – 6 Grillich, 1:1 – 27 Ismaili, 1:2 – 38 Nordtveyt, 2:2 – 81 Maykon.
Gollar: 0:1 – 26 Korne, 0:2 – 43 Fekir, 1:2 – 67 Bernardu Silva.
“G” guruhi
Gollar: 1:0 – 45 Isko, 2:0 – 58 Beyl, 3:0 – 90 Dias.
Gollar: 1:0 – 29 Krmenchik, 2:0 – 41 Krmenchik, 2:1 – 49 Chalov, 2:2 – 90, penalti Vlashich.
“H” guruhi
Gollar: 0:1 – 45, penalti Pyanich, 0:2 – 51, penalti Pyanich.
Chetlatish: Ronaldu 29.
Gollar: 0:1 – 35 Pogba, 0:2 – 44, penalti Pogba, 0:3 – 66 Marsyal.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
