» » Isroil bosh vaziri yangi manzilgohni qurishda cheklovlarga amal qilishga ko‘rsatma berdi

Isroil bosh vaziri yangi manzilgohni qurishda cheklovlarga amal qilishga ko‘rsatma berdi


Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida yangi manzilgoh qurishda imkon boricha cheklovlarga amal qilishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Mazkur ko‘rsatmadan kelib chiqib, hukumat aholi punktlari maydonlarini kengaytirishda ma’lum darajada o‘zini jilovlashga harakat qiladi. Biroq bu qurilish sur’atlari susayishini anglatmaydi.

The Washington Post nashriga ko‘ra, bu Oq uyning manzilgohlar qurilishi falastinliklar bilan o‘rtada tinchlik o‘rnatilishida to‘siq bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotiri tufayli amalga oshirilgan majburiy qadam bo‘lgan.

Netanyaxu vazirlarni AQSh prezidenti Donald Trampning fikrini “inobatga olish” va “tinchlik jarayonidagi oldinga siljishlarni namoyish etish” uchun o‘zini tuta bilishga chaqirdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-04-2017, 10:32)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 104) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют