» » AQSh savdo vaziri O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi qanday oqibatlarni keltirib chiqarishi haqida gapirdi

AQSh savdo vaziri O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi qanday oqibatlarni keltirib chiqarishi haqida gapirdi


AQSh savdo vaziri Uilbur Ross Amerika—O‘zbekiston savdo palatasining Vashingtonda bo‘lib o‘tgan biznes-forumida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga qo‘shilishi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi haqida gapirdi.

O‘zbekiston o‘z Prezidenti rahnamoligida Markaziy Osiyodagi qo‘shnilari bilan munosabatlarni takomillashtirib, mintaqaviy integratsiya va o‘zaro bog‘liqlikka ko‘maklashadi. Bunday faoliyat O‘zbekistonni yanada jozibador bozorga aylantiradi, chunki kompaniyalar O‘zbekistonda ishlash orqali Markaziy Osiyoning butun mintaqasiga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Ushbu sa’y-harakatlar allaqachon ijobiy natijalar bermoqda. AQShning O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi sezilarli darajada oshdi: 2017-yilda 136 million dollarga teng bo‘lgan ko‘rsatkich 2019-yilning avgustiga kelib 455 million dollarni tashkil qildi.

Biroq bu islohotlarning barqarorligini ta’minlash uchun hali ko‘p ishlar qilinishi kerak. O‘zbekistonning shaffoflik va qonun ustuvorligini amalda ta’minlashi o‘ta muhim.

Bojxona faoliyatida, intellektual mulkni himoyalashda, eksportchilar, importchilar va investorlarga ta’sir qiladigan soliqlar va qoidalarda dunyo amaliyoti prinsiplarini qo‘llash zarur.

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish bozor islohotlarining eng muhim maqsadlaridan biridir. Biz ushbu sa’y-harakatlarni qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz va JSTning tashqi savdo rejimi to‘g‘risidagi memorandumidan kelib chiqadigan savollarga hukumatning javobini sabrsizlik bilan kutmoqdamiz.

Shu bilan birga, biz o‘zbek hamkorlarimizni yangi kelishuvlarning JSTga a’zo bo‘lishiga ta’sirini diqqat bilan ko‘rib chiqishga chaqiramiz. Masalan, YeOIIga a’zo bo‘lish istagi ayni paytda JSTga a’zo bo‘lish jarayonini murakkablashtirishi va O‘zbekiston rahbariyati tomonidan belgilangan muddatni yanada uzaytirish mumkin.

Uilbur Ross, AQSh savdo vaziri 

Mavzuga doir: O‘zbekiston va YeOII: iqtisodiy munosabatlar raqamlarda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют