» » Toshkent davlat texnika universiteti hududiga 40 ta quyosh panellari o‘rnatildi

Toshkent davlat texnika universiteti hududiga 40 ta quyosh panellari o‘rnatildi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va CHINT Electric O‘zbekiston—Xitoy qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda Toshkent davlat texnika universiteti hududida 10 kV/soat quvvatiga ega 40 ta quyosh panellari o‘rnatildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Loyiha doirasida universitetning energetika fakulteti talabalari va o‘qituvchilari uchun elektr uskunalarini tekshirish va nazorat qilishni innovatsion boshqarish o‘quv laboratoriya xonasi ham to‘liq jihozlab berildi.

Zamonaviy jihozlangan laboratoriyada talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari va ixtirolarini sinovdan o‘tkazish, elektr uskunalarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa elektrotexnika sanoati sohasida kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yaxshilanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют