» » O‘zbekistonda aholi o‘limining eng asosiy sabablari oshkor qilindi

O‘zbekistonda aholi o‘limining eng asosiy sabablari oshkor qilindi


Davlat statistika qo‘mitasida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019-yilning yanvar—sentabr oylarida 112 ming 200 ta o‘lim qayd etildi.

Qayd etilishicha, ushbu o‘lim holatlarining 60,6 foizi qon aylanish tizimi kasalliklari tufayli sodir bo‘lgan.

Shuningdek, ularning 9,8 foizi — o‘simtalardan, 6,4 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,5 foizi — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,2 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,4 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,1 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 5,3 ming nafarni tashkil etib, ularning 58,7 foizi — perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 18,2 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 12, foizi — tug‘ma anomaliyalardan, 2,8 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan, 2,1 foizi — baxtiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,7 foizi — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan va 5,5 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Bundan avval O‘zbekistonning doimiy aholisi soni qanchaligi ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-10-2019, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют