» » O‘zbekiston aholisi soni 32,5 mln kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi soni 32,5 mln kishidan oshdi


O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2017-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 32 million 511,9 ming kishini tashkil qildi. Yil boshidan buyon mamlakat aholisi soni 391,4 ming kishiga yoki 1,2 foizga ko‘paydi. Bu haqda “Gazeta.uz” O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib ma’lum qildi.

Shahar aholisi soni 16 million 451,9 ming kishini (umumiy aholining 50,6 foizi), qishloq aholisi soni esa 16 million 60 ming kishi (49,4 foiz)ni tashkil qildi.

2017-yilning yanvar-sentabr davrida 523,6 ming bola tug‘ilib, mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 21,7 promilleni tashkil qildi va 2016-yilning mos davriga nisbatan 8800 nafarga ko‘paydi.

2017-yilning yanvar-sentabr oylarida 116,9 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda o‘lim koeffitsiyenti 4,8 promilleni tashkil etdi.

Ro‘yxatga olingan jami o‘lganlarning 60,5 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,2 foizi — o‘simtalardan, 6,2 foizi — baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,6 foizi — ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,9 foizi — nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,7 foizi — yuqumli va parazitar kasalliklardan, 11,9 foizi — boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Shuningdek, hisobot davrida FHDYo organlari tomonidan 192,7 mingta nikoh va 23,6 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan. Respublika bo‘yicha nikoh tuzish koeffitsiyenti 8 promilleni, nikohdan ajralish koeffitsienti esa 1 promilleni tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 120,8 ming kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 136,1 ming kishini tashkil etdi. Migratsiya saldosi minus 15,3 ming kishini tashkil etdi (2016-yilning shu davrida minus 20,7 ming kishi bo‘lgan).

Опубликовано: admin (6-11-2017, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют