» » Armaniston prezidenti mamlakat aholisi sonini keskin oshirishga topshiriq berdi

Armaniston prezidenti mamlakat aholisi sonini keskin oshirishga topshiriq berdi


Armaniston prezidenti Serj Sargsyan mamlakat aholisining soni 2040-yilgacha to‘rt million kishidan oshishi kerakligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “Tert.am”.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat kerakli ko‘rsatkichga tug‘ilishlar sonini oshirish va hayot davomiyligini uzaytirish hisobiga erishishi mumkin. “Maqsdaga intilish kelgusi 25 yilda Armanistonga immigratsiyaning jiddiy oshishini ko‘zda tutmoqda”, — deb ta’kidlagan davlat rahbari.

Armaniston aholisi 2017-yilning 31-iyul holatiga 2 million 979 ming kishini tashkil qilgan. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich jiddiy pasaygan. 1991-yilda mamlakatda 3 million 574 ming kishi yashagan. Bunda arman diasporasi mamlakat aholisi sonidan anchagina ko‘proqni tashkil qiladi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, xorijda 7—8 million arman yashaydi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют