» » Jahonda och qolayotganlar soni 2000-yildan buyon birinchi marta ko‘paydi

Jahonda och qolayotganlar soni 2000-yildan buyon birinchi marta ko‘paydi


Oxirgi 17 yil ichida birinchi marta jahonda och qolayotganlar soni ko‘paydi va 815 million kishiga (sayyoraning 11 foiz aholisi) yetdi. Bu haqda BMT oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) yillik hisobotida aytildi, deb xabar beradi Meduza.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, och qolayotganlar soni bir yilda 38 million kishiga ko‘paydi. FAO buni qurolli ixtiloflar va tabiiy ofatlar sonining oshishi bilan bog‘lamoqda. Och qolayotganlarning ko‘pchiligi Osiyoda (520 million) va Afrikada (243 million) istiqomat qiladi. 489 million kishi ixtilof zonasida yashaydi.

Hisobotda aytilishicha, besh yoshgacha bo‘lgan 155 million bolaning o‘sishi kechikmoqda, 52 million bola sillasi qurishdan aziyat chekmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-09-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют