» » Facebook foydalanuvchilar soni bo‘yicha prognozlarni e’lon qildi

Facebook foydalanuvchilar soni bo‘yicha prognozlarni e’lon qildi


Facebook ijtimoiy tarmog‘i turli mamlakatlardagi foydalanuvchilar auditoriyasi bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etdi. Ma’lum bo‘lishicha, raqamlar statistik organlar tomonidan berilgan ma’lumotlardan chorak qismga oshib ketadi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

AQShda ijtimoiy tarmoqning 18—24 yoshli foydalanuvchilari soni 41 million kishini tashkil qiladi, 25 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lganlar soni esa 60 million kishi hisoblanadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda ijtimoiy tarmoqda birinchi yosh guruhidagilar soni 31 million kishini, ikkinchi guruhdagilar esa 45 million kishini tashkil qiladi.

Facebook Buyuk Britaniyadagi 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar sonining 7,8 milliontaga chiqishini ko‘zlamoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ularning soni 5,8 million kishini tashkil qiladi. Xuddi shunday holat Fransiyada ham kuzatilmoqda: 18—24 yoshlilar kategoriyasida 7,8 millionta ko‘zda tutilgan bo‘lib, amalda ularning soni 5,2 millionta.

Tahlilchilarning qayd etishicha, bu ijtimoiy tarmoqda reklama savdosining pasayishiga olib kelishi mumkin, reklama beruvchilar esa mustaqil bahoni talab qilishi mumkin.

Facebook tomonidan ta’kidlanishicha, hisob-kitob natijalari real demografik ma’lumotlar bilan mos tushishi kerak emas. “Bu — kompaniyaning rejalashtirish asbobi”, — deyiladi ijtimoiy tarmoqning bayonotida.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-09-2017, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют