» » Armaniston hukmron partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi

Armaniston hukmron partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi


Armaniston Markaziy saylov komissiyasi 2-aprel, yakshanba kuni respublikada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridagi saylovchilarning ovozini hisoblab chiqdi, deb xabar beradi “Kommersant”.

“Interfaks”ning yozishicha, dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha mamlakat prezidenti Serj Sargsyan boshchilik qiladigan o‘ng konservatorlar partiyasi 49,12 foiz ovoz to‘plagan. Bu haqda Armaniston Markaziy saylov komissiyasi raisi Tigran Mukuchyan ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi o‘rindan “Yashnayotgan Armaniston” partiyasi rahbari Gagik Sarukyan boshchiligidagi “Sarukyan” bloki joy oldi. Unga saylovchilarning 27,32 foizi ovoz bergan. Uchinchi o‘rinni parlament deputati Nikol Pashinyan boshchiligidagi “Yelk” (“Chiqish”) muxolifat bloki 7,77 foiz ovoz bilan egallagan.

Respublika parlamentiga o‘tgan to‘rtlikni “Dashnaksutyun” arman revolyutsion federatsiyasi 6,57 foiz ovoz bilan yakunladi.

Ushbu saylov mamlakatda konstitutsion islohotdan keyingi birinchisi hisoblanadi. Amaldagi prezident Serj Sargsyanning vakolati 2018-yilda tugagach, Armaniston parlamentar respublikaga aylanadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют