» » Ekvadorda prezident saylovi natijalari e’lon qilingach, tartibsizliklar boshlandi

Ekvadorda prezident saylovi natijalari e’lon qilingach, tartibsizliklar boshlandi


Ekvador prezidenti Rafael Korrea ma’lum qilishicha, prezident saylovlari natijalari e’lon qilingach, mamlakatning bir nechta hududlarida tartibsizliklar boshlangan. Bu haqda u o‘z Twitter’ida yozdi, deya xabar qiladi “TASS”.

“Afsus! Kito, Esmeraldas, Ibarra va Asogesda zo‘ravonlik avj oldi. Ular ovoz berish orqali erisha olmagan narsaga zo‘ravonlik bilan erishmoqchi”, — deb yozdi u.

Ayni paytda Kitodagi Milliy saylov kengashi binosi yaqinida ham muxolifat tarafdorlarining, ham hukmron alyans uchun ovoz berganlarning mitinglari bo‘lib o‘tmoqda.

Avvalroq Ekvadorda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi doirasida ovoz berish yakunlangan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hukmron “Mamlakat alyansi” so‘l blokidan nomzod Lenin Moreno 51,07 foiz saylovchilarning ovozlarini to‘plagan. Uning raqibi, o‘ng markazchilarning CREO harakati vakili, sobiq bankchi Gilyermo Lasso ovozlarning 48,93 foizini yig‘gan.

Опубликовано: admin (3-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют