» » Gurbanguli Berdimuhamedov uchinchi muddatga Turkmaniston prezidenti etib saylandi

Gurbanguli Berdimuhamedov uchinchi muddatga Turkmaniston prezidenti etib saylandi


Turkmanistonning amaldagi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov uchinchi muddatga respublika prezidenti etib saylandi. Bu haqda 13-fevral, dushanba kuni mamlakat markaziy saylov komissiyasi raisi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Berdimuhamedov saylovchilarning 97,69 foizi ovozini to‘pladi.

Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, 12-fevral kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida ovoz berish huquqiga ega saylovchilarning 97,27 foizi ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, saylovlarda Gurbanguli Berdimuhamedovdan tashqari yana 8 nafar nomzod prezidentlik lavozimiga da’vogarlik qilgandi.

Gurbanguli Berdimuhamedov 2016-yilda konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra 7 yil muddatga saylandi. U ilgari davlat rahbari lavozimiga 5 yildan ikki muddatga saylangandi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (13-02-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют