» » Misr aholisi 10 yil ichida 22 million kishiga ko‘paydi

Misr aholisi 10 yil ichida 22 million kishiga ko‘paydi


Misr aholisi 2017-yilda 94,8 million kishiga yetdi, deb xabar beradi statistika va mobilizatsiya davlat qo‘mitasi rahbari Abu Bakr al-Hindining so‘zlariga asoslanib, “RIA Novosti”.

Qo‘mita rahbari mazkur ma’lumotlarni Qohirada bo‘lib o‘tgan aholini navbatdagi ro‘yxatga olish natijalarini e’lon qilish marosimida aytib o‘tdi.

Shu tarzda mamlakat aholisi 2007-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 22 million kishiga ko‘paygan. So‘nggi 30 yil ichida esa aholi o‘sish sur’ati 96,5 foizni tashkil etgan.

Bundan tashqari, 9,4 million nafar misrlik xorijiy mamlakatlarda istiqomat qiladi.

“Shunday qilib, Misrda va undan tashqarida yashaydigan misrlik fuqarolarning umumiy soni 104,2 million kishini tashkil etadi”, — deydi Abu Bakr al-Hindi.

Aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, Misr arab davlatlari orasida eng yosh mamlakat maqomini saqlab qolgan. Har uchinchi misrlikning yoshi 15—30 yoshni tashkil etadi.

Misrning aksariyat aholisi (18 foizdan ko‘prog‘i) savodsizligicha qolmoqda. Shu bilan birga 12,4 foiz misrliklar oliy ma’lumotli hisoblanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-09-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют