» » FVV xodimlari Termizda uyga qamalib qolgan ikki nafar yosh bolaga yordam ko‘rsatdi

FVV xodimlari Termizda uyga qamalib qolgan ikki nafar yosh bolaga yordam ko‘rsatdi


Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ikki nafar yosh bolasi uyda qamalib qolgan oilaga yordam ko‘rsatdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

24-oktabr kuni soat 11:10 larda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchilik guruhiga xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra, Termiz shahar Bo‘ston mahallasi 34-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z xonadonining eshigi ichkaridan qulflanib qolganligi va ikki nafar yosh farzandi yolg‘iz qolib ketganligi bois yordam so‘rab murojaat qilgan.

Shundan so‘ng navbatchilikdagi harbiy xizmatchi leytenant A.Utebayev boshchiligidagi navbatchi guruhi tezkorlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar yordamida uy eshigini ochib, 3 va 5 yoshdagi bolalarni ota-onasiga sog‘-salomat topshirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-10-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют