» » AQShning BMTdagi doimiy vakili Xitoyga KXDRga qarshi sanksiya kiritishni taklif qildi

AQShning BMTdagi doimiy vakili Xitoyga KXDRga qarshi sanksiya kiritishni taklif qildi


KXDR atrofidagi vaziyatni tartibga solish Xitoyga bevosita bog‘liq, deb hisoblaydi AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli. Fox News telekanaliga bergan intervyusida diplomat Pekin qo‘shni mamlakatga nisbatan sanksiyalar kiritishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Vashingtondagi yangi ma’muriyat Xitoy bilan ular qanchalik xavotirda ekanligi, biror narsa qilish kerakligi haqida boshqa gaplashmaydi. Xitoy nimadir qilishi kerak, ularda Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiya kiritish uchun barcha imkoniyatlar bor. Shimoliy koreyaliklar moliyaviy va harbiy jihatdan Xitoyga butunlay bog‘langan.

Nikki Xeyli, AQShning BMTdagi doimiy vakili

Doimiy vakilning fikriga ko‘ra, agar Xitoy hukumati haqiqatdan ham KXDRga ta’sir o‘tkazishni xohlaganda, buni allaqachon qilgan bo‘lardi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют