» » AQShning BMTdagi doimiy vakili yadro qurolidan voz kechish imkoni yo‘qligini ma’lum qildi

AQShning BMTdagi doimiy vakili yadro qurolidan voz kechish imkoni yo‘qligini ma’lum qildi


AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ayni damda yadro qurolidan voz kechib bo‘lmasligini aytdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Men oilam yadro qurolisiz dunyoda yashashini istaganchalik boshqa hech nimani bunchalik xohlamayman. Biroq biz realist bo‘lishimiz kerak. Bu yerda Shimoliy Koreya yadro qurolidan voz kechishga rozi bo‘lishiga ishonadigan kimdir bormi? ” — dedi Xeyli BMT Bosh assambleyasining yadro qurolini to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya ishlab chiqish bo‘yicha konferensiyasining ochilish marosimida.

AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya konferensiyada ishtirok etmaslikka qaror qildi. Xeylining so‘zlariga ko‘ra, deyarli 40 ta mamlakat mazkur tadbirga qarshi chiqqan.

Nikki Xeyli AQSh hozircha yadro qurolini izchillik bilan kamaytirish va uni yaratish texnologiyalarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi bitimga rioya qilishini qayd etdi.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют