» » Janubiy Koreya mamlakatda AQSh yadro qurolini joylashtirmasligini ma’lum qildi

Janubiy Koreya mamlakatda AQSh yadro qurolini joylashtirmasligini ma’lum qildi


Janubiy Koreya Respublikasi yadro qurolidan xolilik maqomidan voz kechishni rejalashtirmayapti. Koreya Respublikasi TIV rasmiy vakili Seuldagi brifingda mazkur bayonotni ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Shu tariqa u OAVlarining Koreya yarimoroli janubida AQSh yadro qurolini joylashritish ehtimoli haqidagi xabarlariga izoh berdi.

“Biz bu kabi xabarlardan voqifmiz. Biroq Koreya Respublikasi hukumati yadro qurolidan xolilik maqomiga sodiqligini saqlashda davom etadi”, — deb ta’kidladi diplomat.

Amerika 1991-yilgacha Koreya Respublikasida taktik yadro qurolini saqlab kelgan. Biroq u Seul va Pxenyan Koreya yarimorolining yadro qurolidan xolilik maqomi haqida kelishib olgandan so‘ng olib chiqib ketilgan.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют